
- 9
- 07.08.2024 15:46:00
- 1 daq o'qish
Ommaviy norozilik namoyishlari ostida Bangladesh muvaqqat hukumatiga iqtisodchi, tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Muhammad Yunus rahbarlik qiladi. 84 yoshli Yunusni lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi qaror davlat rahbari va Yunus nomzodini ilgari surayotgan «Talabalar diskriminatsiyaga qarshi» norozilik harakati yetakchilari bilan uchrashuvda qabul qilingan.
Bir kun avval Bangladeshda 2009-yildan beri bosh vazir lavozimida ishlab kelgan 76 yoshli Shayx Hasina norozilik namoyishlari ostida mamlakatni tark etgan edi. Hasinaning iste’fosi oldidan bir necha hafta davom etgan norozilik namoyishlarida 300 ga yaqin odam halok bo‘lgan. Ulardan kamida 109 nafari 5-avgust kungi tartibsizliklar qurboni bo‘lgan.