
- 8
- 27.03.2023 14:11:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
1 lavrak baligʻi
1/4 stakan un
1,5 dona limon
Yarim choy qoshiq tuz
1 dona piyoz
1 dona mayda toʻgʻralgan sabzi
1 dona mayda toʻgʻralgan kartoshka
2 boʻlak sarimsoq
5-6 dona yanchilmagan qora murch
Yarim choy qoshiq qora murch
1,5 litr suv
mayda boʻlaklangan 2 boʻlak sarimsoq
1 dona lavr yaprogʻi
Tayyorlanishi:
Qozonda suvni qaynating.
Tozalangan va yuvilgan baliqni, lavr yaprogʻini, yanchilmagan qora murchni va piyozni qoʻshib 20 daqiqa qaynating.
Qaynatilgan piyoz va baliqni suzgich bilan qozondan olib, baliq suvini suzing.
Qaynatilgan baliqning suyaklari va terisini tozalang va goʻshtni maydalang.
Baliq suvini suzgach yana qaynating, sabzi va kartoshka qoʻshing, keyin oʻrtacha 20 daqiqa qaynating
Shoʻrvadan bir stakan suv olib, un bilan aralashtirib yana qozonga soling.
Oxirida tuz, murch va limon suvi solib, 5 daqiqa qaynatib issiq holda dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha