
- 0
- 20.06.2025 07:56:00
- 1 daq o'qish
AQShning Jorjiya shtatida 30 yoshli Adriana Smitga homiladorligining 9-haftasida miya o‘limi tashxisi qo‘yildi. Biroq, ayol dafn qilinmagan chunki uning vujudida farzandining yuragi urib turardi.Adriananing tanasi homila bachadondan tashqarida yashay oladigan bo‘lgunga qadar inkubator vazifasini bajardi. Bu qaror Jorjiya shtatidagi yurak urib turgan homilaning abort qilinishi mumkin emasligi belgilangan qonunga ko‘ra belgilandi.
Va nihoyat, 13-iyun kuni 800 gramm vaznli Chens ismli chaqaloq tug‘ildi. Hozir u neonatologiya bo‘limida, shifokorlar uning yashab ketishiga umid qilishmoqda.
Endi Adriana Smit tanasi tibbiy apparatlardan ajratilib, dafn qilinadi.