Azizbek To‘lqinbekov dunyoning eng iqtidorli 60 futbolchilari qatoridan joy oldi

Azizbek To‘lqinbekov dunyoning eng iqtidorli 60 futbolchilari qatoridan joy oldi
  • 5
  • 17.10.2024 19:38:00
  • 1 daq o'qish

Buyuk Britaniyaning The Guardian nashri jahonning eng iqtidorli futbolchilari top-60 ligini e’lon qildi. Nashr futbolchilarni tartiblamagan, shunchaki bitta jadvalga joylashtirgan. Ro‘yhatdan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi va “Bunyodkor” klubi futbolchisi Azizbek To‘lqinbekov o‘rin olgan. 17 yoshli futbolchining bahosi 175 ming yevroni tashkil etadi.

Ro‘yhatdan Lamin Yamal, Pau Kubarsi, Joan Martines, Chido Obi-Martin, Jeyms Overi, Franko Mastantuono, Enso Molebe, Rodrigo Mora va Jonatan Kusi-Asare  kabi futbolchilar ham joy olgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News