“Ayron”

  • 8
  • 20.07.2023 12:28:00
  • 1 daq o'qish

😎Jazirama issiq kunlarda chanqoqbosdi ichimliklar ayni muddao. Shunday ekan biz sizga juda oddiy va tez tayyorlanuvchi “Ayron” retseptini taqdim etamiz.

Kerakli mahsulotlar:

🥛500 gr suzma;
🍎2 ta qizil olma;
🍏2 ta yashil olma;
🥬rayhon barglari;
🧂ta’bga ko‘ra tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

🥣Kattaroq idishga suzmani solib muzdek suv bilan yaxshilab aralashtirib olamiz. 🍏Tayyor suyuqlikka olmalarimizni o‘rtacha kattalikda to‘g‘rab solamiz. 🥬Olmalardan so‘ng rayhon barglarini maydalab to‘g‘raymiz. 🧂Ta’bga ko‘ra tuz solib ayronni yaxshilab aralashtiramiz. Tayyor ayronni bir necha soat muzlatkichga solib qo‘yamiz. 🧊Ayron muzlaganidan so‘ng uni dasturxoningizga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha😋

📲Agar retsept sizga ma’qul bo‘lsa uni do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News