
- 0
- 30.04.2025 14:36:00
- 1 daq o'qish
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln 796 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 18 foizga, 2021-yilga nisbatan esa ikki baravarga oshgan.
Eng yuqori ish haqi Toshkent shahrida — 9,88 mln so‘m. Undan keyin Navoi (7,33 mln) va Toshkent viloyati (5,43 mln). Eng past ish haqi Qashqadaryoda — 4,08 mln so‘m.
Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi:
1. Toshkent shahrida – 9 mln 889 ming 100 so‘m;
2. Navoiy viloyati – 7 mln 330 ming 900 so‘m;
3. Toshkent viloyati – 5 mln 435 ming 600 so‘m;
4. Andijon viloyati – 4 mln 874 ming 500 so‘m;
5. Buxoro viloyati – 4 mln 763 ming 900 so‘m;
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4 mln 672 100 so‘m;
7. Sirdaryo viloyati – 4 mln 662 300 so‘m;
8. Xorazm viloyati – 4 mln 580 ming 200 so‘m;
9. Jizzax viloyati – 4 mln 370 ming 100 so‘m;
10. Samarqand viloyati – 4 mln 353 ming 100 so‘m;
11. Namangan viloyati – 4 mln 276 ming 900 so‘m;
12. Surxondaryo viloyati – 4 mln 209 ming 100 so‘m;
13. Farg‘ona viloyati – 4 mln 203 ming 000 so‘m;
14. Qashqadaryo viloyati – 4 mln 079 ming 800 so‘m.