
- 2
- 16.04.2025 12:06:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda qimmatbaho mashinali to‘y korteji yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat Toshkentda avtoblogerlar tomonidan sodir etilgan. Poytaxt IIBB YHXB xabariga ko‘ra, qoidani buzgan haydovchilar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, barcha avtomobillar jarima maydonchasiga joylashtirildi. Avtoblogerlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzildi. Huquq-tartibot idoralari to‘y va bayram kayfiyati yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik uchun asos bo‘la olmasligini eslatdi.