
- 11
- 10.05.2024 12:18:00
- 1 daq o'qish
9-may kuni Toshkent shahri Sergeli tumanidagi avtotyuning ustaxonasi qarshisida yuqori tezlikda harakatlangan Kia haydovchisi 27 yoshli piyodani urib yuborishi oqibatida piyoda vafot etdi.
Marhum avtobloger, instagramdagi avtotuning_uz kanali asoschisi Doniyor bo‘lgan. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda ikki mashina o‘rtasida poyga uyushtirilgani va u poyga yo‘lagida qolib ketgani sabab, mashinalardan biri uni urib yuborganini ko‘rish mumkin.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.