Avstriya maktabidagi otishma: Qurbonlar soni oshdi

  • 0
  • 12.06.2025 07:46:00
  • 1 daq o'qish

 

Kecha Avstriyaning Grats shahrida joylashgan maktabda sodir bo‘lgan dahshatli otishma payti olingan videolavhalar tarqala boshladi. Videolarda o‘quvchilarning vahima ichida qochayotgani, ayrimlarining o‘zlarini o‘likdek qilib ko‘rsatib yotgani aks etgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 21 yoshli sobiq o‘quvchi o‘zini bulling qurboni deb hisoblab, ikki turdagi qurol bilan o‘z sinfiga bostirib kirib, atrofga o‘q uza boshlagan. Voqea joyida 10 kishi, yana 28 kishi jarohat olgan. Keyinroq gumonlanuvchining jasadi maktab hojatxonalaridan biridan topildi. Keyinroq, shifoxonada og‘ir jarohat olganlardan biri vafot etgan.
Avstriya hukumati otishma munosabati bilan uch kunlik milliy motam e’lon qildi. 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News