
- 0
- 28.08.2025 11:09:00
- 1 daq o'qish
Avstriyada kuzdan boshlab 14 yoshgacha bo‘lgan qizlarning hijob o‘rashiga ruxsat berilmaydi. Qoidaga amal qilmaganlarga nisbatan chora ko‘rilishi mumkin. Yoshlar ishlari vaziri Klaudiya Plakolmning ta’kidlashicha, bu qaror diniy cheklov sifatida emas, balki bolalarning yoshiga mos ravishda erkin bo‘lishi uchun qabul qilingan. “Islomda ham 14 yoshgacha hijob o‘rash talabi yo‘q. Shu sabab qizlar bu yoshda bunday majburiyatdan ozod bo‘lishi kerak”, dedi u. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonda psixologlar yordam ko‘rsatadi, zarurat tug‘ilganda esa ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkaziladi.