Avstraliyalik bokschi Bahodir Jalolovdan revansh olmoqchi

Avstraliyalik bokschi Bahodir Jalolovdan revansh olmoqchi
  • 7
  • 09.01.2025 09:56:00
  • 1 daq o'qish

 

Superog‘ir vazn toifasidagi avstraliyalik bokschi Teremoana Junior (5-0, 5 KO) havaskor boksdagi sobiq raqibi Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) bilan revansh jangini o‘tkazish istagini bildirdi.

Teremoana va Jalolov 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarining chorak finalida to‘qnash kelishgandi. Jangda Bahodir hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozonib, keyinchalik ikki karra Olimpiada chempioniga aylangandi.

“Men, albatta revansh olishni xohlayman, chunki Olimpiadadagi g‘alaba meniki edi deb o‘ylayman. Menga biroz vaqt bering, biz albatta professional boksda revansh jangini o‘tkazamiz. Men buni intiqlik bilan kutyapman”, dedi Teremoana.

Maʼlumot uchun, o‘tgan yilning noyabr oyida Eddi Xirn boshchiligidagi Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi 26 yoshli avstraliyalik charm qo‘lqop ustasi bilan shartnoma imzolagandi. U prof boksda hozirga qadar 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News