
- 14
- 12.10.2024 14:58:00
- 1 daq o'qish
“Atletiko Madrid” o‘z stadioni “Metropolitano” ning nomini 2033-yilgacha “Riyadh Air Metropolitano” ga o‘zgartirdi. Riyadh Air keyingi to‘qqiz mavsumga stadion nomini o‘zgartirish uchun kelishuvga erishgach, “Atletiko Madrid”ga jami 250-300 million yevro to‘laydi.
Bundan tashqari, Riyadh Air “Atletiko Madrid” formasining asosiy homiysi bo‘lib, ularning logotipi har mavsumda 40 million yevro qiymatidagi to‘rt yillik shartnomaning bir qismi sifatida forma old tomonida ko‘zga tashlanib turadi.