- 8
- 03.11.2023 12:33:00
- 1 daq o'qish
Immunitetni ko‘taruvchi, shifobaxsh “Atala” retseptini sizlarga taqdim etamiz. Oila a’zolaringizga tayyorlab berib, ularni xursand qilishni unutmang.
🍚Masalliqlar:
🍚Un 300 gr;
🥩Qiyma 400gr;
🧅Piyoz 1 dona;
Yog‘ 150 gr;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Qizib turgan yog‘ga avval piyozni solib qovuramiz.
So‘ngra qiymani solib, qovurishda davom etamiz.
Boshqa idishga yog‘ solib, qizigandan keyin unni solib, qizargunicha tez-tez aralashtirib turamiz.
Un qovurilgach ustiga suv solib, qaynatamiz.
So‘ngra qiyma va piyozni solib, 30 daqiqa davomida qaynatamiz.
Yoqimli ishtaha😋