
- 3
- 25.07.2023 10:10:00
- 1 daq o'qish
Ularning 2 nafari voyaga yetmagan bolalar. 19 yoshli bolaning jasadi topilgan. Qolgan fuqarolar qidirilmoqda. Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoda 2 nafar 2011-yilda va 2009-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan o‘g‘il bolalar cho‘kib ketgan.
Shuningdek, 17-iyul kuni Uchqo‘rg‘on tumani “Katta Andijon kanali”da 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro, 23-iyul kuni Pop tumanidagi Sirdaryo daryosida 1973-yilda tug‘ilgan fuqaro, 24-iyul kuni Chortoq tumanidagi kanalda esa 19 yoshli yigit cho‘kib ketgan. Bugun, 25-iyul kuni Chortoq tumanidagi yigitning jasadi suvdan olib chiqilgan.
Fuqarolarning cho‘kkani haqidagi xabar viloyat FVBga kelishi bilan boshqarma suvda qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan suv osti va tuman yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan suv usti qidiruv ishlari boshlangan.
Hozirda qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Manba: uznews.uz