So‘nggi 17 kun ichida G‘azo sektorida kamida ikki ming nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi

So‘nggi 17 kun ichida G‘azo sektorida kamida ikki ming nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi
  • 5
  • 24.10.2023 10:16:00
  • 1 daq o'qish

So‘nggi 17 kun ichida G‘azo sektorida kamida ikki ming nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi. Buni Save the Children xalqaro xayriya tashkiloti ma'lumotlari tasdiqlaydi. 

Tashkilot bayonotida aytilishicha, “doimiy havo hujumlari G‘azo sektoridagi minglab binolarni tutun chiqayotgan vayronalar uyumiga aylantirmoqda”. Save the Children tashkilotining Falastindagi direktori Jeyson Li janglarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

U mojaro tomonlari bolalarni himoya qilishi kerakligini ta’kidladi: “Bolalar hayotini himoya qilishning yagona yo‘li bu zo‘ravonlikni to‘xtatishdir”.

Avvalroq, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) besh agentligi G‘azo sektoridagi vaziyat halokatli ekanligini ma’lum qilgandi. Ular, shuningdek, gumanitar sulh tuzishga chaqirdilar.

Eslatib o'tamiz, 7-oktabr kuni ertalab Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi falastinlik radikallar Isroilga raketa zarbalari bergani haqida xabar berdi. Raketa hujumlariga javoban Isroil mudofaa kuchlari G'azoda harbiy operatsiya boshlanganini e'lon qildi.

Manba: uzreport.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News