
- 5
- 08.12.2024 19:23:00
- 1 daq o'qish




Noyabr oyi oxirida Suriyada Bashar Asad qo‘shinlariga qarshi yurish boshlagan qurollangan muxolifatchilar 8-dekabr kuni Damashqni egalladi. Isyonchilar Suriyada fuqarolik urushi boshlangan 2011-yildan buyon Bashar Asad rejim muxoliflari qamab kelingan qamoqxonani nazoratga olib, u yerdagi mahbuslar qo‘yib yuborishgan. Suriya armiyasi qo‘mondonligi Bashar Asad boshqaruvi yakuniga yetganini xabar qilgan va ikki ming askar Iroqqa qochib o‘tgan.
Bashar Asad isyonchilar poytaxtga kirishidan biroz oldinroq xususiy samolyotda Damashqdan noma’lum yo‘nalishda uchib ketgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 7-dekabr kuni Dohada Bashar Asadning iste’fosi va uning Rossiyaga uchib ketishi masalasi bo‘yicha muzokaralar olib borilgan va Bashar Asad isyonchilarga hokimiyatni topshirish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi bo‘lgan. Reuters’ga ko‘ra, Suriya prezidenti Bashar Asad aviahalokat qurboniga aylangan bo‘lishi mumkin.
Suriya bosh vaziri Muhammad G‘ozi al-Jaloliy Suriya xalqi tomonidan tanlangan har qanday rahbariyat bilan hamkorlik qilishga va hokimiyatni muxolifatga topshirishga tayyorligini ma’lum qilgan.