AQSHda temiryo‘l halokati oqibatida neft mahsulotlari ortilgan vagonlar daryoga qulab tushdi

AQSHda temiryo‘l halokati oqibatida neft mahsulotlari ortilgan vagonlar daryoga qulab tushdi
  • 3
  • 26.06.2023 09:28:00
  • 1 daq o'qish

AQSHning Montana shtatida neft mahsulotlari bo‘lgan bir necha vagon daryoga qulab tushdi. Hodisa yuk poyezdi ko‘prik ustidan o‘tayotganda ro‘y bergan, ko‘prik og‘ir yukni ko‘tara olmagan.

Tabiatni muhofaza qilish davlat agentligi voqea joyidan olingan suratlarni e’lon qildi. Yelloustoun va Stillvater daryolarining ma’lum qismiga o‘tish yo‘llari yopilgan.

“Potensial ifloslanish tufayli aholi daryodan uzoqroq yurishi zarur”, deb ogohlantirdi Montana Baliqlar, o‘rmonlar va bog‘lar resurslari boshqarmasi.

Joriy yilning 21-iyun kuni Tunisda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketishi natijasida ikki kishi halok bo‘lgandi.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News