O‘zbekistonlik san’atkorlar Ozarbayjonning yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekistonlik san’atkorlar Ozarbayjonning yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
  • 5
  • 03.08.2023 14:31:00
  • 1 daq o'qish

Ozarbayjonda O'zbekiston madaniyati kunlari davom etmoqda. Unda bir guruh o‘zbekistonlik san’atkorlar Ozarbayjonning yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi va mukofotlar tantanali topshirildi.

Xususan, O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva “Ozarbayjon xalq artisti” unvoni bilan, O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov va O‘zbek davlat simfonik orkestri bosh dirijori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Manba: UzReportnews

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News