Sun’iy intellekt san’at asarini yaratdi

Sun’iy intellekt san’at asarini yaratdi
  • 10
  • 17.03.2023 17:09:00
  • 1 daq o'qish

Ushbu komiks “Cyberpunk: Peach John” deb nomlanadi va u dunyodagi sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ilk komiks hisoblanadi. Komiksda Yapon folklor qahramoni Momotaro haqida hikoya qilinadi. Komiks muallifi Rutportning aytishicha u komiks voqealar syujeti va rivojini yaratgan xolos. Barcha ilmiy fantastik tasvirlarni sun’iy intellekt yaratgan. Umumiy hisobda 100 sahifali komiksni yaratish uchun odatda bir yildan ortiq vaqt ketadi. Lekin “Cyberpunk: Peach John” sun’iy intellekt yordamida 6 hafta ichida yakunlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News