
- 5
- 05.10.2026 14:38:00
- 1 daq o'qish
Centrum Air’ning Istanbul–Farg‘ona yo‘nalishidagi C6 316 reysida 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi.
Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, samolyotga yuk ortishda ekspluatatsion cheklovlar joriy etilgan. Qaror parvoz xavfsizligi talablariga muvofiq qabul qilingan va shu sababli bagajlarning bir qismi reysga yuklanmagan.
Aviakompaniya yo‘lovchilardan uzr so‘rab, bagajlarni imkon qadar tezroq Farg‘onaga yetkazish choralarini ko‘rayotganini bildirdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qolib ketgan bagajlar 5-oktabr kuni soat 22:00 da Farg‘ona aeroportiga yetkazilishi kerak. Yo‘lovchilardan bagaj birkalarini saqlab qolish so‘ralgan.