
- 1
- 10.08.2026 08:58:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
500 ml qatiq
1choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq oziq-ovqat sodasi
6 dona kartoshka
1 dona tuxum
2 stakan un
100 gr pishloq
Tayyorlanishi:
Birinchi qatiqqa tuz, shakar va oziq-ovqat sodasi solinib, aralashtiriladi. So‘ng, tuxum va un solinib, yumshoqqina xamir qoriladi. Xamir tinguncha kartoshka qaynatilib, keyin maydalanadi. Yaxshi maydalangandan so‘ng, qirig‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan aralashtiriladi. Tingan xamir bo‘laklarga bo‘linib, yoyib chiqiladi. Kartoshkali pyure dumaloq shaklga keltirilib, yoyilgan xamir ichiga solinib, o‘raladi. Oxirida, ichida pyuresi bor koptokchali xamirlar non shaklida yasalib, qizigan tovada past olovda pishirib olinadi. Pishgandan so‘ng, ustiga qaymoq surtiladi. Issiqqina armancha nonlarimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha☺️🍷