
- 4
- 29.06.2024 11:26:00
- 1 daq o'qish
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish 29-iyun kuni Markaziy Osiyoga tashrifini boshlaydi. U avval O‘zbekistonga keladi. BMT rahbarining tashrifi 7-iyulga qadar davom etadi.
BMT bosh kotibi xalqaro hamjamiyatni geosiyosiy ziddiyatlar umumiy tahdidlarni, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni samarali bartaraf etishga imkon bermasligi haqida ogohlantirmoqchi. Eslatib o‘tamiz, Antoniu Guterrish oxirgi marta 2017-yilda mintaqaga tashrif buyurgan.