😨 Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi

😨 Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi
  • 0
  • 09.07.2025 10:58:00
  • 1 daq o'qish

 

Qozog‘istondagi Oqmola viloyatining Otbosar tumani 7 kishida kuydirgi kasalligi aniqlangani sababli ikki qishloqda 1-iyuldan karantin joriy etildi.
Hududga odamlar va chorva hayvonlarining kirishi taqiqlangan, dezinfeksiya ishlari boshlangan. Bemorlar tibbiy nazorat ostida, ularning biri og‘ir ahvolda. Karantin 15 kun davom etadi.
Mutaxassislar go‘sht mahsulotlarini faqat veterinariya nazoratidan o‘tgan ishonchli joylardan xarid qilishni tavsiya qilmoqda. Kuydirgi odamdan odamga yuqmaydi, asosan kasallangan hayvon yoki uning mahsulotlari orqali tarqaladi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News