
- 8
- 07.08.2024 15:41:00
- 1 daq o'qish
Qozog‘istonning Qo‘stanay viloyati Prirechnoye qishlog‘ida qoramollarda kuydirgi kasalligi aniqlangani uchun karantin joriy etildi. Barcha nobud bo‘lgan qoramollar joriy yilning bahorida emlangani va o‘lim boshqa kasallik tufayli yoki kuydirgiga qarshi vaksina reaksiyasi sabab sodir bo‘lganini aytilgan. Shunga qaramay, Prirechnoye qishlog‘ida karantin joriy etilgan bo‘lib, epizootiyaga qarshi tadbirlar olib borilmoqda.
Respublika epizootiyaga qarshi otryadning Qo‘stanay bo‘limi tomonidan infeksiya o‘chog‘ida mahalliylashtirish va bartaraf etish tadbirlari o‘tkazish ishlari boshlangan. Vaziyat viloyat va tuman veterinariya xizmatlari nazoratida.