
- 4
- 11.10.2023 08:05:00
- 1 daq o'qish
11-oktyabr, chorshanba kuni ertalab soat 5:12 atrofida Hirotda yana 6,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epimarkazi Hirot shahridan 28 kilometr sharqda joylashgan. Hirotning Rabot Sangi tumanidagi Sinjob va Band Bagharcher hududlarida yarim soatda ketma-ket uchta kuchli zilzila sodir bo‘ldi: birinchisi 6,3, ikkinchisi 5,4, oxirgisi 4,1 magnitudali bo‘lgan.
Zilzila oqibatida Hirot shahrining barcha hududlarida elektr energiyasi uzilib qolgan va 55 kishi jarohatlangan.