
- 2
- 18.07.2025 08:34:00
- 1 daq o'qish
“Bishimbayev ishi”ga o‘xshash qotillik Jetisu viloyatida yuz bergan. 32 yoshli Ayzat Jumanovaning fojiali o‘limida marhumaning yaqinlari “vahshiyona zo‘ravonlik”ni uning turmush o‘rtog‘i, Qo‘por qishlog‘i raisligiga nomzodini qo‘ygan Aybar Janbolatni ko‘rsatishmoqda.
Mahalliy jurnalistga ko‘ra, er-xotin o‘rtasida yuz bergan janjalda Aybar Ayzatni bir necha soat davomida ayovsiz kaltaklab, jinsiy zo‘ravonlik qilgan. Keyin ayolni otga bog‘lab, dasht bo‘ylab sudragan.
Mahalliy politsiya holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Aybar Janbolat qo‘lga olingan va vaqtincha izolyatorga joylashtirilgan. Hozirda tergov olib borilmoqda.