- 4
- 01.02.2025 10:01:00
- 1 daq o'qish
AQSHning Filadelfiya shahrida kichik samolyot qulab tushdi. Filadelfiyada tibbiyot xodimlari hamrohligida bemorni olib ketayotgan xususiy samolyot turar-joy binolari ustiga qulab tushdi, natijada bir necha yong‘in kelib chiqdi va gaz quvuriga zarar yetkazildi. Dastlab samolyot bortida olti kishi bo‘lgani xabar qilingandi, biroq keyinroq aniqlik kiritilishicha, samolyotda bor-yo‘g‘i ikki kishi bo‘lgani aytildi.
Samolyot halokati gaz quvuriga ham zarar yetkazgan va bu fojia oqibatlarini yanada yomonlashtirgan. Halokat sodir bo‘lgan vaqtda bir nechta binolarda yong‘in kelib chiqqan, bu esa yaqin atrofdagi uylar aholisini zudlik bilan evakuatsiya qilishni talab qilgan.