Samarqandda pul evaziga AQSHga yuborishni va’da qilgan yana bir kishi qo‘lga tushdi

Samarqandda pul evaziga AQSHga yuborishni va’da qilgan yana bir kishi qo‘lga tushdi
  • 3
  • 11.09.2023 12:12:00
  • 1 daq o'qish

Samarqandda fuqaroni pul evaziga AQSHga yuborishni va’da qilib, firibgarlik qilgan shaxs ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.A fuqaro M.A.ni 14 ming AQSH dollari evaziga Samarqand—Istanbul—Madrid—Nikaragua yo‘nalishi bilan AQSHga ishga jo‘natishni vaʼda qilib, shundan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Iyun oyining o‘rtalarida Samarqandda ikki kishini AQSHga yuborish uchun 40 ming dollar olgan shaxs ushlangandi. May oyida esa shunday noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga yuborish uchun 30 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olingandi. 

Manba:Daryo.uz

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News