
- 1
- 25.04.2025 15:51:00
- 1 daq o'qish
25-aprel kuni Moskva viloyatining Balashixa shahrida Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, general-leytenant Yaroslav Moskalik avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilga portlovchi qurilma o‘rnatilgan bo‘lib, general avtomobil oldidan o‘tayotganida qurilma masofadan ishga tushirilgan. Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Moskalik ilgari Ukraina bo‘yicha muzokaralarda va Suriyadagi harbiy operatsiyalar bo‘yicha faol ishtirok etgan.
❗️Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 17-dekabr kuni Rossiyalik general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi Ilya Polikarpov portlatib yuborilgandi.