
- 14
- 24.09.2026 19:14:00
- 1 daq o'qish
“Anorbank” aksiyadori Qahramon Olimov xalqaro qidiruvga berildi. Interpol saytida unga nisbatan “qizil bildirishnoma” e’lon qilingan.
Interpol ma’lumotlarida 1977-yilda tug‘ilgan Qahramon Olimovning qaysi jinoyatda gumonlanayotgani ko‘rsatilmagan.
“The Insider” va Fransiyaning “L’Express” nashrlari Olimovning 2025-yilda Parijda o‘zini o‘g‘irlab ketishgani haqidagi voqea yuzasidan surishtiruv o‘tkazgan. Nashrlar voqea tafsilotlarida bir qator ziddiyatlar borligini yozgan.
Nashrlar ma’lumotiga ko‘ra, Olimov sobiq ish beruvchisi Botir Rahimov bilan uzoq yillik moliyaviy nizoga ega bo‘lgan. Rahimov undan 200 million dollardan ortiq tovon puli talab qilgani aytilgan.
Biroq Olimovning xalqaro qidiruvga berilishiga aynan qanday ayblov sabab bo‘lgani Interpolning ochiq ma’lumotlarida ko‘rsatilmagan.
Qahramon Olimov “Anorbank” kuzatuv kengashi a’zosi va bank aksiyalarining 49,4 foiziga egalik qiladi.