
- 0
- 02.07.2025 12:51:00
- 1 daq o'qish
1-iyul kuni soat 20:50 da Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanining “Yuksalish” mahallasida janjal yuzasidan kelib tushgan chaqiruvga borgan profilaktika inspektori, katta leytenant Abdurasul Abduvaliyev xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda pichoqlab o‘ldirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 63 yoshli Yunusali Xolbozorov mast holatda oila a’zolariga tahdid solayotgan bo‘lgan. Uni tinchlantirish chog‘ida u inspektorni pichoqlab, voqea joyidan qochib ketgan.
Abduvaliyev ko‘rsatilgan yordamga qaramay, shifoxonaga olib ketilayotgan paytda vafot etdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. Gumondorni qo‘lga olish bo‘yicha qidiruv ishlari davom etmoqda.
Ichki ishlar vazirligi marhum inspektorning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.