"Andijon muzqaymog‘i" hayot uchun xavfli

  • 0
  • 17.04.2025 15:21:00
  • 1 daq o'qish

Sanepidqo‘mita “Andijon muzqaymog‘i”ni iste’mol qilish hayot uchun xavfli ekanligini ma’lum qildi. Ushbu nom ostida sotilayotgan muzqaymoqlarning qayerda va qanday sharoitda tayyorlangani noma’lum, qadoqlarda mahsulotni saqlash sharoitlari va muddatlari ko‘rsatilmagan. Ko‘chada sotish uchun ruxsatnoma olinmagan. Laboratoriya tekshiruvlarida esa mahsulot tarkibida stafilokokk bakteriyasi aniqlangan. Bu bakteriya oziq-ovqatga tushganda zaharlanishga olib kelishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News