“Andijon do‘ppisi” geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

“Andijon do‘ppisi” geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi
  • 0
  • 18.06.2025 07:10:00
  • 1 daq o'qish

 

Adliya vazirligi “Andijon do‘ppisi”ni rasmiy ravishda geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatiga oldi. Bu bilan do‘ppining kelib chiqish manbai, sifati va madaniy ahamiyati huquqiy jihatdan himoya qilinadi.
“Andijon do‘ppisi” yuqori sifatli mato, nozik naqshlar va o‘ziga xos shakli bilan ajralib turadi. U viloyatning hunarmandchilik an’analari va kashtachilik maktabiga asoslangan bo‘lib, xalq orasida alohida mavqega ega.

Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi — mahsulotning aynan Andijon hududiga xosligini, uning tarixiy, madaniy va estetik qiymatini belgilaydi va himoya qiladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News