Oʻzbekistonlik “meros” olaman deb 90 000$ ga chuv tushdi

Oʻzbekistonlik “meros” olaman deb 90 000$ ga chuv tushdi
  • 12
  • 02.07.2024 15:05:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahrida yashovchi ayol xalqaro firibgarlarning katta kompaniya egasidan qolgan 3 milliard dollarlik merosni unga o‘tkazib berish haqidagi yolg‘oniga ishonib, 90 ming dollar pulidan ayrildi. Jabrlanuvchi mazkur pulni to‘lash uchun o‘zi yashab turgan uyini ham sotib yuborgan. 

Kiberxavfsizlik markazi xodimi Umidjon Hamroqulovga ko‘ra, holat bundan ikki oy oldin sodir bo‘lgan. Bu kabi jinoyatlar uyushgan jinoiy guruh tomonidan sodir etiladi va dunyo tajribasida bu turdagi jinoyatlarning 60-70 foizi ochilmay qoladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News