
- 0
- 02.09.2025 10:09:00
- 1 daq o'qish
Yaponiyada har yili o‘tkaziladigan eng kulgili va g‘aroyib bellashuvlardan biri — shippak uloqtirish musobaqasi bu yil ham yuzlab ishtirokchilarni birlashtirdi. Bu musobaqaning maqsadi faqatgina kulgi va zavq ulashish emas. Ishtirokchilar uloqtirgan har bir shippak orqali bolalar xayriya jamg‘armasiga hissa qo‘shishadi.
Tashkilotchilar aytishicha, bu noodatiy an’ana davom ettiriladi. Chunki har yili yig‘iladigan mablag‘lar bolalar hayotida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda.
✨ Demak, Yaponiyada shippak faqat oyoqqa kiyilmaydi, balki ezgulik yo‘lida ham uchiriladi!