
- 8
- 02.10.2023 09:50:00
- 1 daq o'qish
U bank ofisida menejer boʻlib ishlagan vaqtda mijozlarning kartalaridan 70 mln soʻmdan ortiq pul oʻgʻirlagan.
Rossiyaning Leningrad viloyatida xalqaro qidiruvga berilgan 25 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Qayd etilishicha, erkak viloyatning Tosnen tumani Telmana posyolkasida qoʻlga olingan. U Oʻzbekistondagi “Agrobank” filiallaridan birida menejer boʻlib ishlagan vaqtda mijozlarning bank kartalaridan 70 million soʻmdan ortiq miqdordagi pullarni oʻgʻirlaganlikda ayblangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buxoroda oʻzgalarning plastik kartalaridan pullarni yechib olgan talaba fosh qilingandi. Fargʻonada oʻzganing bank kartasidan 6,5 million soʻmni oʻgʻirlagan shaxs ushlangan. Shuningdek, Namanganda plastik kartadan 52 million soʻmni noqonuniy oʻzlashtirgan shaxs qoʻlga olingandi.
Manba: Bugun.uz