
- 5
- 05.10.2023 07:32:00
- 1 daq o'qish
U qizlarni aldab BАА va Ummonga olib borgan va u yerda fohishalik qilishga majburlagan.
Oʼzbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan odam savdosi jinoyatida gumon qilinayotgan ayol Maskatdan Toshkentga olib kelindi. Bu haqda Interpolning Oʼzbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ummon sultonligi tomonidan odam savdosi jinoyatini sodir etganligi uchun xalqaro qidiruvda boʼlgan Oʼzbekiston fuqarosi IIV Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirildi.
Qidirilayotgan shaxs 2022 yilda bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, Birlashgan Аrab Аmirliklari va Ummonda yaxshi maoshli ish va goʼzal hayotni vaʼda qilib, qizlarni chet elga olib kelgan va u erda sheriklari bilan jabrlanuvchilarning pasportlarini olib qoʼyib, ularni fohishalik bilan shugʼullanishga majbur qilgan.
Jinoyatchini qoʼlga olish hamda Oʼzbekistonga ekstraditsiyasini taʼminlash Toshkent va Markaziy Interpol Milliy markazi byurolari oʼrtasida oʼrnatilgan hamkorlik, tezkor-axborot almashinuvi tufayli amalga oshirildi.
Manba: Uznews