Umumturk alifbosini joriy etish bo‘yicha muhim hujjat tasdiqlandi

Umumturk alifbosini joriy etish bo‘yicha muhim hujjat tasdiqlandi
  • 14
  • 19.06.2026 14:56:00
  • 1 daq o'qish

Qozog‘iston poytaxti Ostonada Turkiy Akademiya va Turk tili jamiyati hamkorligida Umumturk alifbosi bo‘yicha komissiyaning 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda joriy yil sentabr oyida Bokuda qabul qilingan 34 harfli Umumturk alifbosini amaliyotga joriy etish tartibini belgilovchi “Amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar” hamda uning variantlari tasdiqlandi.

Tadbir ochilishida Turkiy Akademiya prezidenti professor Shahin Mustafayev qatnashib, loyiha akademik doiralar, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilikda tobora dolzarb bo‘lib borayotganligini aytgan. Uchrashuvda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya vakillari, shuningdek, kuzatuvchi davlatlarning til siyosati bo‘yicha mutaxassislari ham ishtirok etgan.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda “Umumturk alifbosidan foydalanish bo‘yicha tavsiya etilgan ko‘rsatmalar” hujjati qabul qilingan. Shuningdek, ushbu hujjat asosida tayyorlangan qozoq va qirg‘iz tillari uchun alifbo variantlari ham rasmiy tasdiqdan o‘tkazilgan. Mutaxassislar fikricha, mazkur hujjat turkiy davlatlarda yagona yondashuv asosida alifboni amaliy joriy etish jarayonida asosiy metodik qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News