Surxondaryoda ekstremistik guruh ushlandi

Surxondaryoda ekstremistik guruh ushlandi
  • 0
  • 11.09.2025 19:42:00
  • 1 daq o'qish

Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, Surxondaryoda “Tavhid va jihod katibasi” terrorchilik tashkiloti tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh faoliyati fosh qilindi.

Sud qaroriga ko‘ra, guruhning 20 nafar a’zosi Jinoyat kodeksining terrorizm va ekstremizmga oid moddalarida aybli deb topilib, 6 yildan 13 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi. Ayrim boshqa a’zolarga esa insonparvarlik tamoyillari asosida yengillik berildi.
Guruh a’zolari diniy yig‘inlarda terrorchilik g‘oyalarini muhokama qilgani, portlovchi moddalar tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnomalarni o‘rganganini hamda ba’zilarining Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilgani aniqlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News