Qozog‘istondagi shaxtada portlash yuz berdi, kamida 16 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi shaxtada portlash yuz berdi, kamida 16 kishi halok bo‘ldi
  • 8
  • 28.10.2023 09:27:00
  • 1 daq o'qish

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida portlash yuz berdi. Viloyat hokimi Ermaganbet Bulekpayev portlash oqibatida 11 kishi halok bo‘lganini aytdi. Keyinroq “Zakon.kz” qurbonlar soni 16 kishiga yetgani, yana 31 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berdi.

“Halok bo‘lgan konchilarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman”, — deb yozdi Bulekpayev Facebook’dagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avariya vaqtida konda 252 kishi bo‘lgan, 205 nafar konchi yer yuzasiga chiqarilgan.

“Konga yetib kelishim bilan rahbarligimda mas’ul shaxslar va hamkasblardan iborat tezkor shtab tuzildi. Biz mana shu og‘ir kunlarda siz bilan birga bo‘lamiz va sizni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi Ermaganbet Bulekpayev.

Voqea joyida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning yaqinlariga yordam ko‘rsatish uchun 40 nafar qutqaruvchi, 10 ta texnika va 3 nafar psixolog ishlamoqda.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News