Temiryo‘l vokzali yaqinida portlash

Temiryo‘l vokzali yaqinida portlash
  • 3
  • 09.11.2024 11:00:00
  • 1 daq o'qish

Pokiston janubi-g‘arbidagi Balujiston viloyati Kvetta temiryo‘l vokzali yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 30 ga yaqin inson yaralandi. Aniqlanishicha, portlash vokzal kassasida poyezd perronga yetib kelishidan oldin sodir bo‘lgan. Voqea joyida favqulodda holat e’lon qilinib, qo‘shimcha shifokorlar va yordamchi xodimlar jalb etilgan. Poyezd Peshovarga ertalab soat 9 da jo‘nab ketishi kerak bo‘lgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News