Berlinda O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ko‘rgazma namoyish etildi

Berlinda O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ko‘rgazma namoyish etildi
  • 8
  • 04.05.2023 17:00:00
  • 1 daq o'qish

Berlinda O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan to Kushonlar sulolasigacha” nomli yangi ko‘rgazma taqdim etildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘z sahifasida maʼlum qildi.

Unga ko‘ra, ko‘rgazmada O‘zbekistondagi 9 ta muzeydan 285 ta noyob muzey kolleksiyalaridan iborat buyumlar taqdim etildi. Ushbu ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarga mamlakat tarixi haqida ko‘proq bilish uchun imkoniyat taqdim etadi.

“Ko‘rgazmaning yaratilishiga hissa qo‘shgan barcha tashkilotchilar, kuratorlar va muzey xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Ular O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi madaniy aloqalar va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga yordam beradi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.

Mavzuga doir

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News