
- 5
- 25.10.2023 08:42:00
- 1 daq o'qish
Lift 9-qavatdan tushayotganda keskin tezlashgan va avtomatik tormoz tufayli 5-qavatda to‘xtagan. Ma’lum qilinishicha, hodisa 24-oktyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Parkent ko‘chasida joylashgan turar-joy binolaridan birida sodir bo‘lgan.
Shu yerda yashovchi fuqarolarning "Potrebitel.uz"ga xabar qilishicha, fuqarolar 9-qavatdan tushayotganda lift keskin tezlashgan, 5-qavatga yaqinlashganda esa avtomatik tormoz tizimi ishga tushgan.
Fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, uyning foydalanishga topshirilganiga 3 yil bo‘lganiga qaramay, ayrim liftlarda ehtiyot qismlar yo‘qligi sababli hamon ishlamay qolayotgani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval ham Toshkentning Yangihayot tumanidagi 16 qavatli binoda ichida 13 kishi bo‘lgan lift pastga tezlik bilan tushib ketgani, natijasida fuqarolar jarohat olgandi.