O‘zbekistonning qator viloyatlarida zilzila qayd etildi

O‘zbekistonning qator viloyatlarida zilzila qayd etildi
  • 5
  • 28.08.2023 08:05:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonning qator viloyatlari hududida 28-avgust kuni zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar beradi FVV Seysmoprognostik monitoring markazi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent vaqti bilan 09:35 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 36,47 gradus shimoliy kenglik; 70,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 5,4 ball. Chuqurlik 200 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 539 kilometr janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida — 3 ball,
  • Samarqand viloyatida — 2-3 ball,
  • Jizzax viloyatida — 2-3 ball,
  • Farg‘ona viloyatida — 2-3 ball,
  • Sirdaryo viloyatida — 2-3 ball,
  • Qashqadaryo viloyatida —2-3 ball,
  • Andijon viloyatida — 2 ball,
  • Namangan viloyatida — 2 ball,
  • Toshkent shahrida — 2 ball.

26-avgust kuni Jizzax, 27-avgustda esa Andijon viloyatida yerosti silkinishlari qayd etilgandi. 

 

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News