Jizzax viloyatida zilzila kuzatildi

Jizzax viloyatida zilzila kuzatildi
  • 5
  • 26.08.2023 07:56:00
  • 1 daq o'qish

Jizzax viloyatida 26-avgust kuni soat 06:55 da zilzila kuzatildi, deb xabar beradi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila episentri: Jizzax viloyati, Yangiobod tumani. Zilzila koordinatalari: 40,09 gradus shimoliy kenglik; 68,9 gradus sharqiy uzunlik.

Yerosti silkinishining magnitudasi 3,6 ballni tashkil etgan. Chuqurlik 10 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 133 kilometr janubiy-g‘arbda.

Avg‘onistonda 5 va 6-avgust kunlari sodir bo‘lgan zilzila ham O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sezilgandi. 18-iyulda esa 3,9 magnitudali zilzila qayd etilgandi.

manba:daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News