
- 2
- 23.04.2025 15:06:00
- 1 daq o'qish
Turkiyaning Istanbul shahri Silivri tumanida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri 6,99 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan. Bundan 36 daqiqa avval Marmara dengizi akvatoriyasida 3,9 magnitudali zilzila qayd etilgan. Silkinishlar 10 soniya davom etdi. Qancha odam zarar ko‘rgani, qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Rasmiylar barcha Turkiya aholisini ogohlantirib, imkoni boricha ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.
Shuningdek, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ham barcha Turkiyada yashayotgan fuqarolarni ogohlantirgan.