Farg‘ona vodiysida 4,5 magnitudali zilzila qayd etildi

Farg‘ona vodiysida 4,5 magnitudali zilzila qayd etildi
  • 13
  • 11.09.2023 07:38:00
  • 1 daq o'qish

Yer silkinishi episentri - Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri.

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 11 sentabr kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 06:54 da zilzila sodir bo‘ldi. 

Episentr: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri. Zilzila koordinatalari: 40,23 gradus shimoliy kenglik; 71,77 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,5. Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 244 km janubi-sharqda.

Zilzilaning sezilish kuchi:

Farg‘ona viloyatida 4 ball, 17 km;
Andijon viloyatida 2-3 ball, 78 km;
Namangan viloyatida 2 ball, 86 km.

Manba: kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News