
- 6
- 20.09.2023 16:24:00
- 1 daq o'qish
Amerikalik ayol uxlayotgan vaqtida tasodifan quloqchinlardan birini yutib yuborgan va g‘ayrioddiy vaziyatga tushib qolgan.
Tonggi soat 03:00 larda Mo Kennedi to‘satdan uyg‘onib, quloqchinlardan birini yutib yuborganini anglaydi. Ayol va uning onasi tibbiyot markazining eng yaqin tez yordam bo‘limiga borishadi.
Tekshiruvlardan so‘ng, markaz xodimlari quloqchinlar hali ham ishlayotganidan hayratda qolishdi. Hatto, u ayolning qornida telefonga ulangan va ovoz ham chiqargan.
Tibbiy guruh kompyuter tomografiyasini o‘tkazgandan so‘ng, eshitish vositasi ayolning hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini aniqlashdi. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi va quloqchin ayolning qornidan olib tashlandi.
Manba:Xabar.uz