Piyoz ortilgan Tez yordam mashinasi

Piyoz ortilgan Tez yordam mashinasi
  • 4
  • 30.07.2024 12:51:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda tez yordam mashinasi qoplar toʻla piyoz olib ketyotgani aks etgan fotosurat tarqaldi. Respublika tez tibbiy yordam markazi ushbu holat yuzasidan oʻrganish oʻtkazib, mazkur avtomashina tez tibbiy yordam xizmatiga emas, balki Samarqand shahrida faoliyat koʻrsatayotgan xususiy klinikalardan biriga tegishli ekanligini aniqladi.

Klinika vakillarining izohlashicha, ushbu tadbirkorlik subyektiga qarashli xoʻjalik avtomashinasi harakatlanish chogʻida yoʻlda buzilib qolgan, oqibatda yukni manzilga yetkazish uchun fotosuratda aks etgan transport vositasidan foydalanishga toʻgʻri kelgan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News