Afg‘onistonlik ayol o‘simlikdan insultga qarshi dori tayyorladi

Afg‘onistonlik ayol o‘simlikdan insultga qarshi dori tayyorladi
  • 1
  • 27.09.2023 07:04:00
  • 1 daq o'qish

Afg‘onistonda birinchi marta yurak to‘xtashi va insultning oldini olish uchun o‘simliklardan yangi dori tayyorlandi. 

Kobullik shifokor ayol 20 yillik tadqiqot natijasida yurak-qon tomir kasalliklari va insultni davolash uchun o‘simlik asosidagi dori tayyorlaganini aytdi. Ushbu dori bilan allaqachon 200 dan ortiq bemor davolangan. 

Ayol “Tolibon” hukumatidan o‘zi ishlab chiqarayotgan dori-darmonlar miqdorini ko‘paytirish va bemorlarga yetkazish bo‘yicha hamkorlik qilishni so‘ragan va u buning uchun pul talab qilmagan. 

Yoshi 50 dan oshgan Abdul Rahmonning aytishicha, 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi bilan kurashganidan so‘ng, u kasallikdan davolangan.  U Afg‘onistonga Germaniyadan xizmat safari bilan kelganini va shifokorning dorilari yordamida kasallikni yengganini aytgan.

“Yuragim og‘rir edi. Chap tomonimda og‘riq bor edi. 10-12 kun ichida u kamaydi. Og‘riq yo‘qoldi va o'zimni juda yaxshi his qildim. Shifokorni qo‘llab-quvvatlash kerak, u tomonidan davolangan bemor sifatida undan minnatdorman”, — dedi u.

Ayni paytda ba’zi boshqa shifokorlar muvaqqat hukumatdan mamlakat shifokorlarining yutuqlarini qo‘llab-quvvatlashni so‘ramoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligining statistik maʼlumotlariga ko‘ra, dori vositalarining 93 foizi Pokiston, Eron, Hindiston, Turkiya va Bangladeshdan olib kelinadi.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News